Tanlangan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar va transport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi.
Odatda bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organi joylashgan erda va uning ish vaqtida amalga oshiriladi. Deklarant yoki boshqa vakolatli shaxsning so‘roviga ko‘ra rasmiylashtiruv uning hisobidan boshqa joyda yoki bojxona organining ish vaqtidan tashqari vaqtda ham o‘tkazilishi mumkin.
Tovarlar va transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish hamda taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish bojxona deklaratsiyasi qabul qilinib, barcha zarur hujjat va ma’lumotlar taqdim etilgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Bu muddatga xavfni boshqarish tizimi asosida zarur choralarni amalga oshirish vaqti, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan o‘tkaziladigan nazorat vaqti kirmaydi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda veterinariya, fitosanitariya, ekologiya va boshqa davlat nazorati amalga oshirilishi hamda zarur ruxsat xususiyatiga ega hujjatlar mavjudligi tasdiqlanishi lozim.
Tovar yoki transport vositasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilganda, bojxona rejimi o‘zgartirilganda va Bojxona kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda deklaratsiyalash amalga oshiriladi.
Bojxona deklaratsiyasi bojxona nazorati uchun zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Deklaratsiyalash qonunchilikda belgilangan hollarga qarab yozma, elektron yoki boshqa nazarda tutilgan shaklda amalga oshiriladi.
Amalda 4 ta turdagi bojxona deklaratsiyasi qo‘llaniladi:
Tranzit deklaratsiyasi bojxona organiga elektron shaklda taqdim etiladi.
Eslatma: 1 ish kunilik muddat faqat bojxona deklaratsiyasi qabul qilinib, barcha zarur hujjat va ma’lumotlar to‘liq taqdim etilganidan keyin hisoblanadi.