Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7715 marta o'qildi

Sudьya ayrim hollarda ishni ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinadi.

Sudьya quyidagi hollarda ishni ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim:
  • mazkur ish ilgari ko‘rilganda sudьya sifatida ishtirok etgan bo‘lsa va ishni ko‘rishda uning takroriy ishtirok etishiga Kodeks talablariga muvofiq yo‘l qo‘yilmasa;
  • mazkur ish ilgari ko‘rilganda unda hakamlik sudi sudьyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan bo‘lsa;
  • ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi bo‘lsa;
  • ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilv osita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning xolisligiga shubha tug‘diruvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lsa;
  • ishni ko‘rayotgan hay’at tarkibidagi sudьyaning qarindoshi bo‘lsa.

Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi yoki tarjimon quyidagi hollarda ishni ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinadi, agarda u.

  • Rad qilish to‘g‘risida ariza berilgan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning fikrini eshitadi.
  • Ishni yakka tartibda ko‘rayotgan sudьyani rad qilish to‘g‘risidagi masala sudning raisi, bir tarkibli sudda esa shu sudьya tomonidan hal qilinadi.
  • Ish hay’at tarkibida ko‘rilayotganda sudьyani rad qilish to‘g‘risidagi masala rad qilinishi talab etilayotgan sudьyaning ishtirokisiz sud tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan hal qilinadi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng bo‘lib qolsa, sudьya rad qilingan hisoblanadi.
  • Bir nechta sudьyani yoki ishni ko‘rayotgan sudning butun tarkibini rad qilish to‘g‘risidagi masala shu sud tarkibi tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal qilinadi.
  • Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibining va tarjimonning o‘zini o‘zi rad qilishi yoki ularni rad qilish to‘g‘risidagi masala ishni ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi.

Rad qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.

Chat