Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20276 marta o'qildi

Ogranichenie v seti internet dostupa k saytam: zapret po IP v lokalьnoy  seti, kontrolь podklyucheniya

Foydalanishni cheklash — foydalanuvchining O‘zbekiston Respublikasi hududida muayyan Internet tarmog‘i axborot resursidan foydalanishini to‘xtatishga doir tashkiliy va dasturiy-texnik chora-tadbirlar majmuasi.

Taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i axborot resurslarini aniqlash maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda Internet tarmog‘i resurslarining monitoringi yuritiladi.

Internet tarmog‘i resurslarining monitoringi, shuningdek, Markazga belgilangan tartibda kelib tushgan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida ham olib boriladi.

Monitoring natijasida taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i axborot resursi aniqlangan taqdirda Markaz tomonidan bir ish kuni mobaynida Internet tarmog‘i axborot resursida taqiqlangan axborot mavjudligi yuzasidan xulosa tayyorlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Internet tarmog‘i axborot resurslaridan foydalanishni cheklash bo‘yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

  • Maxsus vakolatli organ Reestrga kiritilgan Internet tarmog‘i axborot resurslaridan foydalanishni cheklashga doir tashkiliy va dasturiy-texnik chora-tadbirlar ko‘radi.
  • Foydalanishni cheklash faqat identifikatsiya ma’lumotlari Reestrga kiritilgan Internet tarmog‘i axborot resurslariga nisbatan tatbiq etiladi.
  • Foydalanishni cheklash choralarini ko‘rish Internet tarmog‘i axborot resurslari identifikatsiya ma’lumotlari Reestrga kiritilgandan keyin 12 soat mobaynida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash Sxemasi

Taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i axborot resursi identifikatsiya ma’lumotlarini reestrdan chiqarish tartibi

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga ularning vakolatlari doirasida, shuningdek, Internet tarmog‘i axborot resursi egasi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga ularning murojaatlariga ko‘ra Reestr ma’lumotlaridan foydalanishga ruxsat etiladi.

Chat