Arizani kim berishi mumkin?
Davlat xizmatlari markaziga bolaning:
- ota-onasi;
- farzandlikka oluvchisi;
- vasiysi yoki homiysi;
- qonunda belgilangan boshqa vakili murojaat qilishi mumkin.
YaIDXP orqali ariza elektron identifikatsiyadan o‘tgan holda beriladi.
Ariza berish bosqichlari
- Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki YaIDXPda elektron so‘rovnomani to‘ldiradi.
- Bola haqidagi ma’lumotlar va tanlangan tashkilotlar ko‘rsatiladi.
- Bir vaqtda 3 tagacha tashkilot tanlanishi mumkin.
- Bo‘sh o‘rin bo‘lsa yo‘llanma, bo‘sh o‘rin bo‘lmasa navbatga qo‘yilganlik haqida xabarnoma shakllanadi.
Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
Navbatni qanday tekshirish mumkin?
Navbatni:
- YaIDXPdagi shaxsiy kabinet orqali;
- ariza raqamini kiritish orqali elektron xizmatda;
- Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish orqali tekshirish mumkin.
Navbat haqidagi ma’lumotda ariza sanasi, so‘rovnoma raqami va tanlangan tashkilot guruhi bo‘yicha navbat raqami aks ettiriladi.
Navbat raqami — tanlangan tashkilotning bola yoshiga mos guruhida yo‘llanma olish ketma-ketligini ko‘rsatadigan elektron raqam.
Telefon raqami o‘zgarsa nima qilish kerak?
Arizadagi telefon raqamini:
- Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilish;
- YaIDXP orqali yangi raqamga kelgan tasdiq kodini kiritish yo‘li bilan o‘zgartirish mumkin.
Telefon raqamini dolzarb holda saqlash muhim, chunki yo‘llanma va navbatdagi o‘zgarishlar haqidagi xabarlar shu raqamga yuboriladi.
Navbat qachon bekor qilinadi?
Ariza:
- ariza beruvchi xizmatdan voz kechganda;
- bola tanlangan bog‘chalardan biriga qabul qilinganda;
- joriy o‘quv yilining 31-mayiga qadar bola 7 yoshga to‘lganda;
- so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanib, belgilangan muddatda tuzatilmaganda bekor qilinishi mumkin.
Yo‘llanma kelganda nima qilish kerak?
Xabarnomadagi tasdiq kodini tashkilotga taqdim etish kerak. Qabul buyrug‘i kod taqdim etilganidan keyin 2 ish kunida chiqariladi.
Bolani qabul qilish 15 ish kuni ichida rasmiylashtirilmasa, yo‘llanma bekor bo‘ladi.