Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6048 marta o'qildi

Eski na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish

  • Bu qanday ishlaydi?
  1. Yagona portal orqali ariza beriladi va bank kassalari orqali to‘lovni amalga oshiriladi;
  2. Fuqarolik pasporti, eski haydovchilik guvohnomasi, talon va to‘lovlar to‘langanligi haqidagi kvitantsiyaning asl nusxalari bilan tegishli Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuriladi;
  3. Guvohnoma uchun Davlat xizmatlari markazida rasmga tushish (yoki rasmni jismoniy shaxslarning ma’lumotlar bazasidan olish imkoni mavjud, ya’ni guvohnomaga fuqarolik pasportidagi rasm avtomatik tarzda joylashtiriladi);
  4. Shaxsiy imzo qo‘yiladi va yangi namunadagi guvohnoma olinadi.

  • Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar
  • Eslatma ! Yagona portal orqali ariza yuborganingizdan so‘ng Davlat xizmatlari markazlariga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilishingiz kerak:  
  1. Fuqarolik pasporti;
  2. Eski haydovchilik guvohnomasi va talon;
  3. Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun to‘lovlar to‘langanligi haqidagi bank muassasasining to‘lov qog‘ozi.

  • Xizmatni ko‘rsatish muddati: Davlat xizmatlari markazida 30 daqiqada
  • Xizmat narxi: Bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi

Chat