Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8126 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolarining arizalari konsul tomonidan ko‘rib chiqiladi. Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risida ariza berish uchun shaxs 16 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak.

Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizaga ilovalar:
  • ariza beruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;
  • agar ariza beruvchi nikohda turgan bo‘lsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan bo‘lsa — nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi;
  • agar ariza beruvchining voyaga etmagan bolalari bo‘lsa, u holda bolalarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari;
  • ariza beruvchining pasportidan yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan ko‘chirma;
  • agar ariza beruvchi voyaga etmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi;
  • 1 dona (3x4 o‘lchamli) fotosurat.

Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizalar:
  • «Davlat tili haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga binoan;
  • sudning hal qiluv qarori asosida;
  • agar familiya va ism eshitilishda yoqimsiz bo‘lsa;
  • agar familiya va ism millatiga to‘g‘ri kelmasa;
  • xohishga qarab nikohgacha bo‘lgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;
  • oila uchun umumiy familiyada bo‘lish istagi paydo bo‘lganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilishmagan bo‘lsa);
  • 16 yoshga to‘lgan shaxsga otalikni belgilashda ko‘rib chiqiladi.

Yig‘ilgan hujjatlar asosida konsul O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasining yoki ariza beruvchi doimiy yashab turgan davlatning vakolatli organlaridan ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirishiga ruxsat berilganligi haqidagi xulosani olishi zarur.

Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza ariza berilgan kundan boshlab 2 oy mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak.

Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirganlik uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.

Chat