O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tashkil etilishi mumkin.
Xorijdagi saylov uchastkalarini tashkil etish va ularning faoliyati Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasi belgilagan tartib asosida amalga oshiriladi.
Xorijda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi diplomatik yoki boshqa vakolatxona huzuridagi uchastka saylov komissiyasiga uni saylovchilar ro‘yxatiga kiritish haqida saylovdan 15 kun oldin murojaat qilishi mumkin.
Murojaat:
Uchastka saylov komissiyasi murojaatdagi shaxsga doir ma’lumotlarni tekshiradi va fuqaroni ro‘yxatga kiritish masalasini hal qiladi.
Xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalar huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida saylovchilar ro‘yxati umumiy tanishish uchun saylovga 3 kun qolganda taqdim etiladi.
Saylovchilar ro‘yxatiga o‘zgartishlar kiritish saylovga 5 kun qolganda to‘xtatiladi.
Xorijdagi fuqarolarga ro‘yxatdagi o‘zlariga tegishli ma’lumotlar bilan Tashqi ishlar vazirligi va diplomatik vakolatxonalarning rasmiy veb-saytlari orqali tanishish imkoniyati ham ta’minlanadi.
Diplomatik va boshqa vakolatxonalar huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu uchastka joylashgan hududning mahalliy vaqti bilan soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.
Agar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, bunday saylov uchastkasida komissiya ovoz berish tugaganini belgilangan vaqtdan oldin ham e’lon qilishi mumkin.
O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari va tegishli chet davlat vakolatli organlari bilan kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolari ko‘p yashaydigan hududlarda muddatidan oldin ovoz berish saylovchining turgan joyida tashkil etilishi mumkin.
Bunday ovoz berish vaqti va joyi uchastka saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. Ovoz berish komissiyaning kamida 2 nafar a’zosi ishtirokida o‘tkaziladi.
Saylov kuni ovoz berish imkoniga ega bo‘lmagan xorijdagi saylovchi ham umumiy tartibda muddatidan oldin ovoz berishi mumkin.
Muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun qolganda boshlanib, 3 kun qolganda tugaydi.
Eslatma: xorijda doimiy yoki vaqtincha turganlikning o‘zi saylovda qatnashish huquqini bekor qilmaydi. Muhimi — saylovchi tegishli saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lishi kerak.