Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6057 marta o'qildi

2021-yil 1 oktyabrdan boshlab shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini
  • shaharsozlik hujjatlari ob’ektlarning xavf-xatarlar toifalarining tasnifiga muvofiq «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi;
  • davlat byudjeti va unga tenglashtirilgan manbalar, davlat va davlat tashkilotlari kafolatlari ostida olingan tashqi investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan ishlarning loyiha hujjatlari «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
  • boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ob’ektlar loyiha hujjatlari ob’ektlar xavf-xatarlar toifalarining tasnifiga muvofiq akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari — yuridik shaxslar, «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
  • loyiha hujjatlari bo‘yicha ijobiy ekspertiza xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan axborot tizimining «Ekspertiza xulosalarining yagona reestri»ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi;
  • ekspert tashkilotlari tomonidan shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazganlik uchun xizmatlar haqini tabaqalashtirilgan tartibda hisoblash tizimi joriy etiladi;
  • ekspert tashkilotlari ekspert — mutaxassislari belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilsin va ularni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
  • shaharsozlik hujjatlari smetasida qo‘llanilgan resurslar narxlari bo‘yicha ekspertiza xulosasini tayyorlashda qurilish materiallarining joriy narxlari, mashina va mexanizmlar xizmati uchun o‘rtacha narxlar hamda o‘rtacha ish haqi to‘g‘risidagi davlat statistika ma’lumotlaridan foydalanish uslubiyoti ishlab chiqilsin hamda amaliyotga tatbiq etiladi.

Quyidagi ob’ektlarning loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish majburiy emas:

  1. mavsumiy ishlar uchun vaqtincha va maishiy binolar;
  2. 300 (uch yuz) kub metrdan ortiq bo‘lmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi ob’ektlar;
  3. 2 (ikki) qavatdan yuqori bo‘lmagan (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi er yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
  4. joriy ta’mirlanadigan binolar, inshootlar.
Chat