Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar yoki ularning qismlarini tabiiy muhitdan belgilangan hajmda olish maxsus foydalanish hisoblanadi. Bunday foydalanish qonunchilikda belgilangan hollarda tasdiqlangan kvotalar doirasida ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Maxsus foydalanishga, jumladan, dorivor, oziq-ovqatbop va texnik xom ashyo bo‘lgan yovvoyi o‘simliklarni yig‘ish yoki tayyorlash kabi faoliyatlar kirishi mumkin.
Maxsus ekin maydonlari — plantatsiyalar va parvarishxonalarda etishtirilgan o‘simliklarni yig‘ish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Ruxsatnoma olish uchun jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilishi mumkin.
Ariza «Litsenziya» axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda beriladi. Arizada foydalanish rejalashtirilayotgan o‘simlik turi, miqdori, joyi va maqsadiga doir zarur ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 30 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Bundan tashqari, ruxsatnoma berilganda o‘simlik turi va olinadigan hajmga qarab o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanganlik uchun qonunchilikda belgilangan alohida to‘lov hisoblanadi.
Arizani ko‘rib chiqishning asosiy muddati — 5 ish kuni.
Agar qaror qabul qilish uchun qo‘shimcha tadqiqot, tekshirish yoki boshqa ilmiy-texnik baholash o‘tkazish zarur bo‘lsa, ko‘rib chiqish muddati 20 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.
Foydalanuvchi:
Eslatma: ruxsatnoma uchun yig‘im to‘langani tabiiy muhitdan istalgan miqdorda o‘simlik yig‘ish huquqini bermaydi. Maxsus foydalanish ruxsatnoma va belgilangan kvota doirasida amalga oshiriladi.