Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6184 marta o'qildi

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Turizm va sport vazirligi tizimiga kiradigan Respublika velosport mahorat maktab-internati tashkil etiladi.

  • qo‘shimcha 25 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablarida hamda sportning o‘yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida velosport turlari bo‘yicha bo‘limlar;
  • Buxoro, Qarshi, Navoiy va Termiz olimpiya zaxiralari kollejlarida velosport turlari bo‘yicha bo‘limlar tashkil etiladi.

Quyidagilar belgilandi:
  • Respublika velosport mahorat maktab-internati o‘quvchilarining umumiy kontingenti 100 nafarni tashkil qiladi;
  • Respublika velosport mahorat maktab-internati o‘quvchilariga olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari uchun belgilangan sutkalik oziq-ovqat normasi tatbiq etiladi;
  • Respublika velosport mahorat maktab-internatiga velosport turlari bo‘yicha belgilangan sinov imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi;
  • Respublika velosport mahorat maktab-internati rahbariyati, trenerlari, sportchilari va boshqa xodimlari mehnatini rag‘batlantirish Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21 dekabrdagi 275-son va 276-son hamda 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘zbekiston velosport federatsiyasi huzurida O‘zbekiston professional velosipedchilar sport klubi tashkil qilinadi.

Klubning vazifalari:

a) quyidagilar Klubning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:

velosportning barcha turlari bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etish orqali Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida qatnashish huquqini beruvchi litsenziyalarni qo‘lga kiritish;

respublika barcha hududlarida velosport turlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rish;

velosport turlari bo‘yicha xususiy klublarni xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga jalb qilish, ularga tashkiliy va amaliy yordam ko‘rsatish;

xalqaro musobaqalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish orqali umumjahon «Nation Brands» xalqaro reytingida «Uzbekistan» milliy brendining reyting pog‘onalaridagi o‘rnini yuqori ko‘tarishda ishtirok etish va boshqalar.

Velosportni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi tashkil qilinadi. Uning vazifalari.

Sport-ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarining velosport turlari bo‘yicha bo‘limlar va Klubning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi, ozuqa va ozuqa qo‘shimchalari, vitaminlar, uskunalar va materiallar, velosipedlarni tashishga mo‘ljallangan yangi va ishlab chiqarilganligiga 7 yil to‘lmagan maxsus avtotransport vositalari va tirkamalar 2024-yil 1 sentyabrga qadar bojxona bojidan ozod etiladi.

Chat