
Qoplab berish davlat oliy ta’lim muassasasida kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan, talabalar turar joyi bilan ta’minlanmagan va o‘ziga yoki ota-onasiga, qonuniy vakiliga tegishli bo‘lmagan uyda ijara asosida yashaydigan talabalarga tatbiq etiladi.
Davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qish ahamiyatga ega emas. Biroq xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan qo‘shma dastur yoki fakulьtetlarda o‘qiyotgan talabalar ushbu tartibga kirmaydi. Davlat byudjeti hisobidan ijarada yashaydigan talabalarning 60 foiziga to‘lov ajratiladi.
Ijara to‘lovini qoplab berish — talabaning oylik uy ijarasi xarajatining belgilangan qismini davlat byudjeti hisobidan qaytarish.
Ijara shartnomasida ko‘rsatilgan summa qancha bo‘lishidan qat’i nazar:
To‘lov birinchi navbatda ehtiyojmand oilalar farzandlari, o‘rnak ko‘rsatgan va ijtimoiy faol talabalarga ajratiladi.
Ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilgan bo‘lishi kerak. U haqdagi ma’lumotlar ijara.soliq.uz platformasidan avtomatik olinadi.
Bitta xonadonda ikki yoki undan ortiq talaba yashasa, ularning barchasi shartnomada ko‘rsatilishi shart. Talabaning doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili bilan bir tuman yoki shahardagi uy uchun kompensatsiya berilmaydi.
Birinchi bosqich talabalaridan sentyabrь va oktyabrь oylari uchun ijara shartnomasi talab qilinmaydi. Noyabrь oyidan to‘lov davom etishi uchun ijara shartnomasi rasmiylashtirilishi kerak.
Talaba har oy:
So‘rovnoma elektron shaklda to‘ldiriladi. Ijara shartnomasi ma’lumotlari soliq tizimidan avtomatik olingani sababli uni har safar qog‘oz shaklida taqdim etish talab qilinmaydi.
Ariza har oyning 1-sanasidan 7-sanasiga qadar beriladi.
Keyin:
Qoplab berish o‘quv yili davomida — odatda 1 sentyabrdan 1-iyulgacha yoki ta’lim dasturining davomiyligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Qoplab berish:
Talaba akademik ta’tilga chiqsa, kursda qoldirilsa yoki talabalar safidan chetlashtirilsa, to‘lov to‘xtatiladi.