Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 21241 marta o'qildi

Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish

Bu qanday ishlaydi?

  1. Arizachi davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tiladi
  2. So‘rovnomani to‘ldirib vakolatli organga yuboriladi
  3. Arizachi belgilangan muddatda ma’lumotlar yig‘ish punktiga qo‘l barmoq izlarini topshirish va su’ratga tushish uchun shaxsan tashrif buyuradi
  4. Xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo‘yicha fuqarolik pasporti yoki unga tenglashtirilgan hujjatni belgilangan kun va vaqtda vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etish

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Bog‘lanish: Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish idoralari aloqa raqamlari

Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti
  • Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID kartasi
  • Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida yashash ID kartasi

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 10 ish kuni mobaynida

Xizmat narxi: Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi xizmatlar uchun «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi

Chat