Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5793 marta o'qildi

Tabiiy gaz hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish (echish va o‘rnatish bilan birga)

Bu qanday ishlaydi?

  1. Talabgor DXMga o‘zi kelib murojaat qilishi yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
  2. So‘rovnomani to‘ldirilgandan so‘ng Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lab, yuborishi kerak.
  3. Talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasini echib olinadi.
  4. Metrologik xizmati hisobga olish uskunasini HGTTdan qabul qilib, qiyoslashdan o‘tkazadi. Sertifikat va xabarnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng ularni ERI bilan tasdiqlab, HGTTga, shuningdek, DXMga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YaIDXP orqali talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) elektron shaklda yuboriladi.
  5. HGTTga sertifikat yoki xabarnoma kelib tushganidan so‘ng hisobga olish uskunasini metrologiya xizmatidan olib ketiladi.
  6. Talabgor bilan kelishilgan vaqtda so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga borib, xisobga olish uskunasini o‘rnatib berish va uch nusxada tegishli dalolatnoma tuzgan holda tamg‘alash, dalolatnomaning bir nusxasini talabgorda qoldiriladi.

Tashkilot: «Hududgazta’minot» AJ

Bog‘lanish: Call markaz:1104

Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Talab etilmaydi

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 15 ish kuni mobaynida

Xizmat narxi: Jismoniy shaxslar uchun. BHMning 18% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 20%).

Chat