Elektr energiyasi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish (echish va ulash bilan birga)
Bu qanday ishlaydi?
- Talabgor elektr energiyani hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) echish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish uchun DXMga o‘zi kelib murojaat qilishi yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Hamda davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lashi kerak.
- HETK 5 ish kun mobaynida talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasini echib olishi kerak.
- «O‘zstandart» agentligi 3 ish kun mobaynida: Hisobga olish uskunasini HETKdan qabul qilib olishi va qiyoslashdan o‘tkazishi kerak; Sertifikat yoki xabarnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng ularni ERI bilan tasdiqlab, HETKga, shuningdek, DXM (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YaIDXP orqali talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) elektron shaklda yuborishi kerak.
- HETK 2 ish kun mobaynida sertifikat yoki xabarnoma kelib tushganidan so‘ng hisobga olish uskunasini metrologiya xizmatidan olib ketishi kerak.
- HETK 3 ish kun mobaynida talabgor bilan kelishilgan vaqtda so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga borib, hisobga olish uskunasini o‘rnatib berish va uch nusxada tegishli dalolatnoma tuzgan holda tamg‘alashi, dalolatnomaning bir nusxasini talabgorda qoldirishi kerak.
- HETK 1 ish kun mobaynida xizmat ko‘rsatish yakunlanganligi haqida xabardor qilish uchun hisobga olish uskunasi o‘rnatilganligi haqidagi dalolatnomani DXMga yuborishi kerak.
Tashkilot: "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati
Bog‘lanish: Call markaz: 1154
Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy va yuridik shaxslar
Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Talab etilmaydi
Xizmatni ko‘rsatish muddati: 14 ish kuni mobaynida
Xizmat narxi:
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori:
- Yig‘im - 3.6 BHM
- Yig‘im - 0.18 BHM
- Yig‘im - 1.35 BHM