Nikoh davomida er-xotinning umumiy daromadlari hisobiga orttirilgan mol-mulk, u kimning nomiga rasmiylashtirilganidan qat’i nazar, qoida tariqasida ularning umumiy mol-mulki hisoblanadi.
Jumladan:
Umumiy mol-mulk nikoh davrida ham, nikoh bekor qilinganidan keyin ham bo‘linishi mumkin.
Qoida tariqasida quyidagilar har bir er yoki xotinning shaxsiy mulki hisoblanadi:
Agar shaxsiy mol-mulkning qiymati nikoh davomida umumiy mablag‘lar yoki ikkinchi tarafning mehnati hisobiga ancha oshirilgan bo‘lsa, u sud tomonidan umumiy mol-mulk deb topilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq er-xotin umumiy mol-mulkni o‘zaro kelishuv asosida bo‘lishi mumkin. Taraflarning xohishiga ko‘ra kelishuv notarial tartibda tasdiqlanadi.
Kelishuvda:
Muhim! Ko‘chmas mulk yoki transport vositasi kelishuv asosida boshqa tarafga o‘tsa, huquqni tegishli davlat organida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi.
Agar nikoh shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, er-xotinning umumiy mol-mulkdagi ulushlari teng deb hisoblanadi.
Taraflar o‘zaro kelishuv bilan mol-mulkni boshqacha nisbatda bo‘lishlari mumkin. Bir tarafga uning ulushidan qimmatroq mol-mulk berilsa, ikkinchi tarafga pul yoki boshqa kompensatsiya belgilanishi mumkin.
Voyaga etmagan bolalar ehtiyoji uchun olingan kiyim-bosh, maktab va sport jihozlari, musiqa asboblari, kitoblar va boshqa buyumlar bo‘linmaydi. Ular bolalar qaysi taraf bilan yashasa, o‘sha tarafga kompensatsiyasiz beriladi.
Bolalar nomiga qo‘yilgan omonatlar ham bolalarga tegishli bo‘lib, umumiy mol-mulkni bo‘lishda hisobga olinmaydi.
Oila manfaatlari uchun olingan umumiy qarzlar kelishuvda ham hisobga olinishi lozim. Biroq kelishuv kreditorning huquqlarini uning roziligisiz bekor qilmaydi yoki kamaytirmaydi.
Nizo kelib chiqsa, mol-mulk, ulushlar va umumiy qarzlarni taqsimlash masalasi sud tomonidan hal qilinadi.
Notarius taraflarning shaxsi, nikoh holati, mol-mulkka bo‘lgan huquq, taqiqlar va boshqa cheklovlarni elektron axborot tizimlari orqali tekshiradi. Elektron tizimlarda mavjud bo‘lmagan hujjatlar taraflardan talab qilinishi mumkin.