Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15608 marta o'qildi

Nimalar sug‘urtalanadi?

Qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish — qurilish-montaj ishlari davrida ob’ekt, materiallar, uskunalar va uchinchi shaxslarga zarar etkazilishi xavfini sug‘urtalash.

Sug‘urta ob’ektiga:

  • qurilayotgan bino va inshootlar;
  • qurilish materiallari;
  • mashina va uskunalar;
  • montaj qilinayotgan konstruktsiyalar;
  • qurilish ishlari davrida uchinchi shaxslarga etkazilishi mumkin bo‘lgan zarar uchun javobgarlik kirishi mumkin.

Qaysi xavflar qoplanishi mumkin?

Shartnoma shartlariga ko‘ra:

  • yong‘in va portlash;
  • tabiiy ofatlar;
  • suv bosishi;
  • o‘g‘irlik va uchinchi shaxslarning qasddan harakatlari;
  • qurilish konstruktsiyalarining qulashi;
  • elektr tarmog‘idagi nosozliklar;
  • qurilish ishlari vaqtida uchinchi shaxslarga zarar etkazilishi sug‘urta bilan qoplanishi mumkin.

Shartnoma muddati

Sug‘urta shartnomasi, odatda, qurilish pudrat shartnomasida ko‘rsatilgan qurilish muddatiga tuziladi.

Ob’ektni topshirish muddati uzaytirilsa, qo‘shimcha kelishuv va qo‘shimcha sug‘urta mukofoti asosida polis muddati ham uzaytirilishi mumkin.

Sug‘urta puli qanday belgilanadi?

Sug‘urta puli:

  • ob’ektning qurilish qiymati;
  • bajariladigan ishlar hajmi;
  • material va uskunalar qiymati;
  • uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik xavfi hisobga olingan holda belgilanadi.

Sug‘urtalovchining javobgarligi shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta puli bilan cheklanadi.

Qaysi zararlar qoplanmasligi mumkin?

Qoida tariqasida:

  • qasddan etkazilgan zarar;
  • tabiiy eskirish;
  • loyiha yoki ishlardagi kamchilikni oddiy tuzatish xarajati;
  • shartnomada sug‘urtalanmagan materiallar;
  • hujjatlar va qimmatli qog‘ozlarning yo‘qolishi;
  • faqat xatlov vaqtida aniqlangan kamomad qoplanmaydi.

Shartnomadagi istisnolar ro‘yxatini alohida tekshirish kerak.

Hodisa yuz berganda

Pudratchi yoki sug‘urta qildiruvchi:

  • xavfni bartaraf etish choralarini ko‘rishi;
  • hodisani foto va video orqali qayd etishi;
  • tegishli organlarni xabardor qilishi;
  • sug‘urtalovchiga o‘z vaqtida xabar berishi;
  • zarar ko‘lamini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak.
Chat