Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti
- Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar DXM yoki my.gov.uz orqali beriladi
- Ma’muriy reglamentga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar faqat DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.
Yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:
- urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
- halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
- respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
- Chernobilь AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobilь halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
- yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar;
- yoshga doir pensiya oluvchilar.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.
- Yo‘llanmalar keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin (asosli sabablarga ko‘ra qaytarilgan yo‘llanmalar bundan mustasno) beriladi.
- Yo‘llanmalar faqat ularda ko‘rsatilgan muddatlarda haqiqiy hisoblanadi.
- Yo‘llanmada ko‘rsatilgan muddatdan oldin sanatoriyga qabul qilinmaydi, sanatoriyga kechikib kelingan kunlar tiklanmaydi.
- Yo‘llanmadan faqat unda ko‘rsatilgan shaxsgina foydalanishi mumkin. Bitta yo‘llanma bilan bittadan ortiq kishi (jumladan, yosh bolalar ham) qabul qilinmaydi.
“Elektron sanatoriy” platformasi ishlab chiqiladi. Bunda:
- sanatoriylarga yo‘llanma olish uchun murojaat qilgan aholi elektron axborot tizimi orqali hisobga olinadi;
- yo‘llanmalar bo‘yicha navbatni kuzatish imkoniyatini beruvchi mexanizmlar joriy etiladi.