Qoidalar tatbiq etilmaydigan joylar
Avtomobillarni saqlash joylariga oid mazkur tartib:
- fuqarolar o‘z mablag‘lari hisobiga qurgan yakka tartibdagi garajlarga;
- tashkilotlarga ajratilgan va transport saqlanganligi uchun to‘lov undirilmaydigan joylarga;
- qonunchilik buzilganligi uchun ushlangan transport vositalari qo‘yiladigan maxsus saqlash joylariga tatbiq etilmaydi.
Pulli saqlash xizmatlari avtomobilь to‘xtash joylarida yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatiladi.
Pulli to‘xtash joyiga qo‘yiladigan talablar
To‘xtash joyida quyidagilar bo‘lishi kerak:
- qattiq qoplama va etarli yoritish;
- chiqindi konteynerlari;
- yong‘inga qarshi vositalar;
- xavfsiz kirish va chiqish joylari;
- hududni cheklovchi to‘siq;
- elektron shlagbaum yoki boshqa kirish-chiqish qurilmasi;
- avtomobillarni joylashtirish sxemasi;
- transport harakati uchun ajratilgan polosalar;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar transporti uchun kamida 2 ta maxsus joy.
2026-yil 1 yanvardan elektron shlagbaum maxsus xotira bilan jihozlangan va soliq organlarining axborot tizimiga integratsiya qilingan bo‘lishi shart.
Mijozga taqdim etiladigan ma’lumotlar
Kirish joyida ko‘rinadigan holda:
- saqlash xizmatining tariflari va shartlari;
- yuridik shaxsning nomi;
- ish rejimi;
- telefon raqami;
- transportni saqlash qoidalari;
- yong‘in xavfsizligi talablari;
- mas’ul shaxslar haqidagi ma’lumotlar joylashtirilishi kerak.
Muhim: haydovchi to‘lovni amalga oshirishdan oldin xizmat narxi, saqlash shartlari va to‘xtash joyining ish rejimi bilan tanishish huquqiga ega.
To‘xtash joyidagi taqiqlar
To‘xtash joyi hududida:
- 5 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanish;
- tamaki chekish va spirtli ichimlik iste’mol qilish;
- ochiq olovdan foydalanish;
- maxsus joydan tashqarida avtomobilь yuvish, ta’mirlash yoki yonilg‘i quyish;
- yonilg‘i-moylash materiallarini saqlash;
- avtomobilni chorpoya yoki tagliklarga qo‘yish taqiqlanadi.
Tartib Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-iyuldagi 213-son qarori bilan belgilangan.