
Ta’lim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat va xorijiy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallarida to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan O‘zbekiston fuqarolariga beriladi.
Kredit:
Mablag‘ talaba qo‘liga berilmaydi, balki bank tomonidan ta’lim tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Muhim: ta’lim krediti, qoida tariqasida, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari uchun ajratilmaydi.
Birinchi bosqich talabalariga ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.
Ikkinchi va undan yuqori bosqichda:
Ijtimoiy reestrga kiritilgan oila talabasining GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lsa, keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti ajratiladi.
Umumiy tartibda ta’lim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida beriladi.
Asosiy stavka pasaysa, kredit stavkasi ham mutanosib ravishda pasayadi. Asosiy stavka oshirilsa, avval rasmiylashtirilgan kredit stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.
Xotin-qizlarga ta’lim krediti 14 foiz stavkasida ajratiladi va ushbu foiz to‘lovlari Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan keyin ettinchi oydan boshlab etti yil davomida qaytariladi.
Kreditni muddatidan oldin qaytarish mumkin. Bank muddatidan oldin qaytarilgani uchun komissiya yoki neustoyka talab qilishi mumkin emas.
E’tibor bering: foizlarni hisoblash kredit mablag‘i ta’lim tashkilotiga o‘tkazilgan kundan boshlanadi. Asosiy qarz uchun imtiyozli davr foizlarni to‘lashdan avtomatik ravishda ozod qilmaydi.
Bank kredit qaytarilishini ta’minlash uchun kafillik, garov yoki sug‘urta polisini talab qilishi mumkin.
Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarning talabalari, shu jumladan xotin-qizlaridan ta’lim krediti uchun garov va kafillik talab qilinmaydi.
Ta’lim krediti uchun:
Bank ariza va hujjatlarni besh ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Kredit rad etilsa, ariza beruvchiga rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan javob berilishi shart.