Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 99458 marta o'qildi

Tavsiyanoma olish huquqiga ega xotin-qizlar

Quyidagi toifalardan biriga kiruvchi xotin-qizlarga qo‘shimcha davlat granti doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi:

  • Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlari;
  • otasi, onasi yoki ularning har ikkisi vafot etgan, to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
  • turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga etmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
  • nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
  • ikki va undan ortiq farzand tarbiyalayotgan va boshqa qarindoshlaridan alohida, shu jumladan ijarada yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qizlari;
  • ota-onasidan biri yoki har ikkisi I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Mezonlardan biriga mos kelgan talabgor yashash joyidagi tuman yoki shahar oila va xotin-qizlar bo‘limiga elektron shaklda murojaat qiladi.

Tavsiyanoma faqat qo‘shimcha davlat granti uchun tanlovda ishtirok etish huquqini beradi. U o‘qishga qabul qilish yoki grant ajratilishini kafolatlamaydi.

Tavsiyanoma bir yil amal qiladi va birinchi tanlangan ta’lim yo‘nalishiga nisbatan qo‘llanadi. Tartib Vazirlar Mahkamasining 402-son qarori bilan belgilangan.

Chat