Jinoyat protsessida ishtirok etayotgan bolaga:
Bolaga uning protsessual huquqlari yoshi va tushunish darajasiga mos, sodda tilda tushuntirilishi kerak.
Hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas. Bolaning sukut saqlashi uning aybdorligini tasdiqlamaydi.
Voyaga etmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga doir ishda himoyachining ishtiroki majburiy. Bolaning yoki uning qonuniy vakilining himoyachidan voz kechishi yuridik kuchga ega emas.
Bola:
Qonuniy vakil protsessual harakatlarda ishtirok etadi, ammo u bolaga bosim o‘tkazishi yoki ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilishi mumkin emas.
Voyaga etmagan guvoh yoki jabrlanuvchi uning qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog va (yoki) psixolog yoxud jabrlanuvchining vakili ishtirokida so‘roq qilinadi.
Pedagog yoki psixologni jalb qilish:
Bir kun davomida voyaga etmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish:
So‘roq davomiyligi faqat yuqori chegaralar bilan emas, bolaning sog‘lig‘i, ruhiy holati va charchash darajasi bilan ham belgilanadi. Zarur bo‘lsa, so‘roq oldinroq to‘xtatilishi shart.
Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar, odam savdosi va bolaning manfaatlari talab qiladigan boshqa hollarda so‘roq maxsus jihozlangan xonada audio va video qayddan foydalangan holda o‘tkazilishi mumkin.