Ota va ona voyaga etmagan bolalarini ta’minlashda teng majburiyatlarga ega. Nikoh bekor qilingani, ota-onaning alohida yashashi yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilingani bolaga ta’minot berish majburiyatini bekor qilmaydi.
Aliment:
Notarial tasdiqlangan aliment kelishuvi ijro hujjati kuchiga ega. Kelishuvda belgilangan ta’minot miqdori bolaning manfaatlarini kamsitmasligi kerak.
Kelishuv mavjud bo‘lmasa, sud har oyda ota-onaning ish haqi va boshqa daromadidan:
Taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvoli hamda boshqa ahamiyatli holatlar inobatga olinib, mazkur ulushlar sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.
Har bir bola uchun aliment qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
2026-yil 21-avgust holatiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 271 000 so‘m bo‘lgani sababli, bir bola uchun alimentning eng kam miqdori 336 815 so‘mni tashkil qiladi.
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori o‘zgarsa, alimentning ushbu eng kam chegarasi ham qayta hisoblanadi.
Agar aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning daromadi:
Aliment undirish to‘g‘risida:
Aliment undirish to‘g‘risidagi talab bo‘yicha davlat boji masalasi qonunchilikda belgilangan imtiyozlar asosida hal qilinadi.