Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 27504 marta o'qildi

Turar joyni ijaraga olgan ayrim harbiylarga kompensatsiya oshirilgan holda  to‘lanadi

Kimlar ijara kompensatsiyasi olishi mumkin?

Ijara kompensatsiyasi Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilaning 30 yoshdan oshgan xotin-qiziga, agar u uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lsa va «Ayollar daftari»ga kiritilgan bo‘lsa, to‘lanishi mumkin.

Ijara kompensatsiyasi — xotin-qizning turar joy ijarasi uchun to‘laydigan mablag‘ining bir qismini «Ayollar daftari» jamg‘armasi hisobidan qoplab berish.

Kompensatsiya miqdori qancha?

Ijara to‘lovining 50 foizi qoplanadi, biroq kompensatsiya:

  • Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravaridan;
  • boshqa tuman va shaharlarda — BHMning 2 baravaridan oshmaydi.

Agar ijara haqining 50 foizi belgilangan eng yuqori miqdordan kam bo‘lsa, amaldagi 50 foiz miqdori to‘lanadi.

Qanday shartnoma tuziladi?

Turar joy ijarasi bo‘yicha:

  • ijaraga beruvchi;
  • ijaraga oluvchi xotin-qiz;
  • tuman yoki shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi

o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Shartnoma tegishli yilning oxirgi kunigacha amal qiladi.

Shartnomada uy-joy manzili, ijara muddati, oylik to‘lov miqdori, taraflarning rekvizitlari va to‘lov shartlari ko‘rsatilishi kerak.

Mablag‘ kimga to‘lanadi?

Kompensatsiya xotin-qizga naqd pul shaklida berilmaydi. Mablag‘ uch tomonlama shartnomaga muvofiq ijaraga beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yordam xotin-qiz «Ayollar daftari»da turgan davrda va ijara shartnomasi amal qilgan vaqtda to‘lanadi.

Qaysi holatlarda kompensatsiya berilmaydi?

Xotin-qiz yoki u bilan birga yashovchi oila a’zolari:

  • boshqa dastur doirasida uy-joy bilan ta’minlangan;
  • homiylik yoki boshqa mablag‘lar hisobidan turar joy olgan;
  • uy-joy sharoitini yaxshilash uchun boshqa ijtimoiy yordam yoki imtiyozdan foydalangan bo‘lsa, kompensatsiya ajratilmaydi.

Kompensatsiya olayotgan xotin-qizga uy-joy ajratilsa yoki u ijtimoiy uy-joyga joylashtirilsa, to‘lov ko‘chib o‘tgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan to‘xtatiladi.

Qanday murojaat qilinadi?

Xotin-qiz ijara kompensatsiyasiga ehtiyojini mahalladagi xotin-qizlar faoli yoki «mahalla ettiligi»ga ma’lum qiladi. Uning ijtimoiy holati, Ijtimoiy reestrdagi ma’lumoti va uy-joyga ehtiyoji o‘rganilib, yordam individual dasturga kiritiladi.

Rad etish sababi asoslantirilishi kerak. Noto‘g‘ri ma’lumotlarni tuzatishni talab qilish yoki qaror ustidan yuqori turuvchi Oila va xotin-qizlar organiga yoxud ma’muriy sudga shikoyat qilish mumkin.

Chat