
Yordam quyidagi 30 yoshdan oshgan xotin-qizlarga berilishi mumkin:
Xotin-qiz tibbiy va psixologik yordamga muhtojlar sifatida «Ayollar daftari»ning tegishli toifasiga kiritiladi.
Davolanish xarajatlarini qoplash — tibbiy xizmat qiymatini «Ayollar daftari» jamg‘armasidan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali tibbiyot tashkilotiga to‘lash.
Yordam miqdori:
Mazkur yordam bir yilda bir marta ko‘rsatiladi.
Davolanish uchun ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasiga berilgan:
Davlat axborot tizimlarida mavjud ijtimoiy va daromad ma’lumotlari elektron tarzda tekshiriladi.
Yordam ajratilishi uchun yo‘llanma asosida tibbiy yordam olish navbati kamida ikki oy bo‘lishi kerak. Navbat muddati avvalgi oyda navbati kelgan bemorlar sonidan kelib chiqib Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan hisoblanadi.
Yordam oluvchilar imtiyozli shaxslarni hisobga olish va davolanishga yo‘llash elektron tizimida alohida navbatda yuritiladi.
Davolanish Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan belgilangan tartibda tanlangan va tegishli shartnoma tuzilgan davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotida amalga oshiriladi.
Yordam mablag‘i bemorning qo‘liga berilmaydi. Davolanishdan keyin tegishli mablag‘ Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga, so‘ng tibbiyot tashkilotiga o‘tkaziladi.
Yordam:
Rad etish sabablari bartaraf etilgandan keyin qayta murojaat qilish yoki qaror ustidan yuqori turuvchi organga yoxud ma’muriy sudga shikoyat qilish mumkin.