Ko‘chadan ko‘rinadigan ol va yon fasaddagi arxitekturaviy elementlarni binoning hajmi va maydonini o‘zgartirmasdan 25 foizdan ortiq o‘zgartirish uchun fasad eskizi kelishilishi kerak.
Magistral ko‘chalar, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobilь yo‘llari bo‘yida joylashgan ob’ektlarning tashqi ko‘rinishi o‘zgartirilganda, o‘zgarish hajmidan qat’i nazar kelishish talab etiladi.
Quyidagi ob’ektlar uchun kelishish talab qilinmaydi:
Rangli fasad eskizi tegishli litsenziyaga ega loyiha tashkiloti tomonidan tayyorlanadi. Ariza Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali beriladi.
So‘rovnomaga:
Boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Yig‘im BHMning 50 foizi, YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa belgilangan yig‘imning 90 foizi miqdorida undiriladi. Ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan mulkdorlarga, belgilangan istisnolardan tashqari, 50 foiz chegirma qo‘llaniladi.
Vakolatli hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi organi ob’ektni joyiga chiqib o‘rganadi va 5 ish kunida QR-kodli xulosa beradi yoki asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Kamchiliklar 10 ish kunida bartaraf etilib, yig‘im to‘lamasdan qayta murojaat qilinishi mumkin. Takroriy murojaat 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Muhim: kelishish talab etiladigan ob’ektning tashqi ko‘rinishini tasdiqlangan fasad eskizisiz o‘zgartirish mumkin emas. Tashqi ko‘rinish kelishilgan eskiz bo‘yicha o‘zgartirilgandan keyin ob’ektni alohida foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.