Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismi tegishli litsenziyaga ega loyiha tashkiloti tomonidan tayyorlanadi. Unda ob’ektning umumiy maydoni, qurilish maydoni, balandligi va asosiy arxitekturaviy echimlari ko‘rsatiladi.
Ariza Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali beriladi. So‘rovnomaga arxitektura qismi elektron shaklda ilova qilinadi. Zarur hollarda harbiy yoki rejimli hudud bo‘yicha xulosa hamda suvni muhofaza qilish hududiga tutash ob’ekt bo‘yicha suv xo‘jaligi tashkilotining xulosasi taqdim etiladi. Ro‘yxatda ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish mumkin emas.
Quyidagi ob’ektlarning arxitektura qismi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi tomonidan 12 ish kunida ko‘rib chiqiladi:
Ushbu ko‘rsatkichlardan oshmaydigan ob’ektlarning arxitektura qismi vakolatli hududiy organ tomonidan 7 ish kunida kelishiladi.
Yig‘im ob’ektning xavf-xatar toifasiga qarab:
Rad javobida nomuvofiqlikka sabab bo‘lgan aniq norma ko‘rsatilishi shart. Kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin takroriy murojaat kengash tomonidan 5 ish kunida, vakolatli organ tomonidan esa 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Muhim: belgilangan yuqori ko‘rsatkichlardan oshadigan ob’ektlar uchun arxitektura qismini kelishishning o‘zi etarli emas. Loyiha-smeta hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilishi va qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun hududiy inspektsiyadan ruxsat olinishi kerak.