Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13296 marta o'qildi

Ma’lumotnomaning mazmuni

Ma’lumotnoma ko‘chmas mulk ob’ekti tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari va buzish rejalariga muvofiq buzilishga tushgan yoki tushmaganligi haqida rasmiy axborot beradi.

Davlat xizmatidan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin. Ma’lumotnoma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari tomonidan beriladi.

Murojaat qilish tartibi

Ariza Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali beriladi.

Jismoniy shaxs so‘rovnomada:

  • familiyasi, ismi va otasining ismini;
  • pasport yoki ID-karta ma’lumotlarini va JShShIRni;
  • yashash manzili, telefon raqami va xizmat tilini;
  • ko‘chmas mulkning kadastr raqamini ko‘rsatadi.

Yuridik shaxs tashkilotning to‘liq nomi, STIR, telefon raqami va ob’ektning kadastr raqamini ko‘rsatadi. Elektron pochta manzili mavjud bo‘lsa kiritiladi. Uchinchi shaxs murojaat qilganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etiladi.

Davlat xizmati uchun BHMning 5 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Ma’lumotnoma 3 ish kunida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar taqdim etilishi xizmatni rad etishga asos bo‘lishi mumkin. Rad javobi yoki vakolatli organning harakati ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.

Muhim: ushbu ma’lumotnoma axborot xususiyatiga ega. U ko‘chmas mulkni buzish uchun ruxsatnoma hisoblanmaydi hamda er uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish, mulkdor bilan kelishish va kompensatsiya to‘lash tartiblarini almashtirmaydi.

Chat