Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 22105 marta o'qildi

QQSning 50 foizini qaytarish

Prezidentning 2025-yil 30 yanvardagi PQ–34-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 1 apreldan 2028-yil 1 yanvarga qadar belgilangan shartlarga javob beradigan chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklariga Davlat byudjetiga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 50 foizi qaytariladi.

Bu imtiyoz ishlab chiqarilgan go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxumni sotishdan tushgan tushumi jami tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etgan xo‘jaliklarga nisbatan qo‘llaniladi.

QQS har oyning 25-sanasiga qadar belgilangan tartibda qaytariladi.

Nasldor jo‘ja uchun subsidiya

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-son qaroriga muvofiq, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan go‘sht yo‘nalishidagi parrandalarning ota-ona galasini shakllantirish uchun sotib olingan har bir bir kunlik nasldor jo‘jaga 15 000 so‘m subsidiya ajratiladi.

Subsidiya yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va jo‘jalarni O‘zbekiston hududida parvarishlaydigan parrandachilik xo‘jaliklariga beriladi.

Talabgor jo‘jalarni sotib olgandan keyin Agroportal orqali tuman yoki shahar veterinariya bo‘limiga murojaat qiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • jo‘jalarning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat;
  • jo‘jalar soni, zoti yoki krossi va sog‘lomligi haqida ma’lumotnoma;
  • elektron hisobvaraq-faktura;
  • to‘lov topshiriqnomasi.

Nizomda ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Veterinariya bo‘limi hujjatlar va jo‘jalarni 3 ish kunida o‘rganadi hamda xulosani Agroportal orqali vakolatli agentlikka yuboradi.

2024-yil 1 yanvarga qadar amal qilgan har bir kilogramm parranda go‘shti yoki tuxum uchun eski mahsulot subsidiyalari hozir qo‘llanilmaydi.

Chat