Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6332 marta o'qildi

Hukumat qarori (443-son, 10.08.2022-y.) bilan “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
 
Nizomga muvofiq “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qo‘lga kiritgan fuqarolar taqdirlanadi. 

Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga har yili 1-maygacha taqdim etadi.

  • Nomzodlarni ko‘rib chiqish uchun 5 kishidan iborat komissiya tuziladi.
  • Komissiya xulosasi asosida Qo‘mita raisining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 1-iyunga qadar chiqariladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarga nomzod haqida quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

 

  • nomzodning ma’lumotnomasi (ob’ektivka);
  • nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (fuqarolik pasporti yoki ID-karta);
  • nomzodning so‘nggi uch yil davomida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasidagi faoliyati, shuningdek, yashil maydonlarni kengaytirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida ko‘rsatgan tashabbuslari aks ettirilgan tavsifnoma.

Ko‘krak nishoni har yili 5-iyunь – Butunjahon atrof muhit kuni arafasida Qo‘mita raisi tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.


Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

  • Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

«Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash sxemasi.

«Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoniga tavsiya etilayotgan nomzodlarni baholash bo‘yicha mezonlar.

Chat