Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10054 marta o'qildi

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022-y.) bilan Davlat OTMning magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

  • Nizomga ko‘ra, davlat OTM, shu jumladan, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.

Buning uchun davlat OTMning magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan talaba xotin-qizlar (talabgorlar) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlari bundan mustasno) o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrgacha ariza bilan murojaat etadi

  • Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
  • Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.

2022-yilda umumlashtirilgan talabgorlar ro‘yxati 5 ish kunida to‘lov-kontraktlarni qoplab berish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga (2023-yildan OTMning idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga) yuboriladi.

  • Talabgorlarga to‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.
Chat