“Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–350-son, 12.08.2022-y.) qabul qilindi
Qarorga muvofiq 2022-yil 1 oktyabrdan nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida o‘qishi uchun ta’lim krediti ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2022-yil 1 noyabrdan IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning o‘quv kurslarida tahsil olayotgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompьyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so‘mgacha) iste’mol kreditlari ajratiladi.
Bunda iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlari Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismi Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilinadi.