Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5029 marta o'qildi


Ijaraga oluvchi va u bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar umumiy kelishuvga binoan va ijaraga beruvchini oldindan xabardor qilgan holda vaqtincha yashovchilarga (foydalanuvchilarga) uy-joyda bepul yashab turishlari uchun ruxsat etishga haqlidirlar.

Basharti, qonunchilikning jon boshiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni normasi haqidagi talablariga rioya etilmasa, ijaraga beruvchi vaqtincha yashovchilarning yashab turishlarini taqiqlab qo‘yishi mumkin.

Vaqtincha yashovchilarning yashab turish muddati 6 oydan oshmasligi kerak.

  • Vaqtincha yashovchilar uy-joydan foydalanishda mustaqil huquqqa ega bo‘lmaydilar.
  • Ularning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi javobgardir.

Vaqtincha yashovchilar ular bilan kelishilgan yashab turish muddati o‘tganidan keyin, agarda bunday muddat kelishilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi yoki u bilan birga doimiy yashaydigan har qanday fuqaro tomonidan tegishli talab qo‘yilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan 7 kun ichida uy-joyni bo‘shatishlari shart.

Chat