Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5985 marta o'qildi

Ijarada turgan shaxsni uy-joydan zudlik bilan chiqarib yuborish mumkin-mi?

Fuqarolik kodeksining 611-moddasiga ko‘ra, uy-joy uchun to‘lanadigan haqning miqdori taraflarning o‘zaro kelishuviga binoan uy-joyni ijaraga berish shartnomasida belgilab qo‘yiladi.

Uy-joy uchun to‘lanadigan haqning miqdori bir tomonlama o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Fuqarolik kodeksining 615-moddasiga ko‘ra, uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi:

  • agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi tomonidan uy-joy uchun 6 oy mobaynida, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan haq to‘lash muddati o‘tganidan keyin 2-martadan ko‘proq haq to‘lanmagan bo‘lsa;
  • ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar tomonidan uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur etkazilsa;
  • uy-joydan g‘ayrihuquqiy qilmishlarni sodir etish uchun foydalanilgan bo‘lsa, ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ijaraga beruvchining ijaraga turgan shaxsni uy-joydan chiqib ketish yoki ortiqcha haq to‘lashga oid noqonuniy talablar ustidan fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga murojaat qilish orqali buzilgan huquqlarni tiklash mumkin.

Ijara shartnomasini tuzmasdan uy-joyni ijaraga berganlik uchun javobgarlik mavjudmi? 

Xa! Bunday munosabatlarni tartibga solish maqsadida qonunchiligimizda aniq normalar belgilab qo‘yilgan. Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159-1-moddasida fuqarolar o‘rtasida turar joyni ijara shartnomasisiz ijaraga berganligi uchun aybdor shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 barovarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari Fuqarolik kodeksining 985-moddasiga asosan g‘ayriqonuniy xarakat tufayli fuqaroning shaxsiga va mol-mulkiga etkazilgan zarar, uni etkazgan shaxs tomonidan to‘liq xajimda qoplanishi lozim. 
 
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini tuzishga nisbatan talablar nimalardan iborat?

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi va davlat soliq organlarida majburiy hisobga qo‘yilishi kerak. 

Shartnomani hisobga qo‘yish shartnoma tuzilgan kundan 3 kundan kechiktirmay ijara.soliq.uz portali orqali bepul amalga oshiriladi va bu ijaraga beruvchining majburiyati hisoblanadi.

Ijara shartnomasining muddati qancha?

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi.
Shartnomada muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u 5 yilga tuzilgan hisoblanadi.
Ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.

Ijara uchun to‘lov miqdori qancha?

Ijara haqi miqdori ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining o‘zaro kelishuviga binoan shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Ijara haqining miqdori bir tomonlama o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ijara puli shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanishi kerak.

Ijara shartnomasini bekor qilish tartibi qanday?

Ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.
Ijara shartnomasini ijaraga beruvchining talabi bilan bekor qilish muayyan asoslarga ko‘ra faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
Bu asoslar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • ijara puli 6 oy mobaynida yoki qisqa muddatli ijarada esa shartnomadagi muddatdan keyin 2-martadan ko‘proq haq to‘lanmagan bo‘lsa;
  • uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur etkazilsa;
  • uy-joydan g‘ayriqonuniy maqsadlar uchun foydalanilgan bo‘lsa.

Ijaraga oluvchi uy-joydan boshqa maqsadda foydalansa yoki qo‘shnilarning huquqlari va manfaatlarini buzsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirishi mumkin.
Ijaraga oluvchi bundan keyin ham qoidabuzarliklarni davom ettirsa, ijaraga beruvchi shartnomani sud tartibida bekor qilishga haqli.

  • Ijaraga beruvchining ijaraga turgan shaxsni uy-joydan chiqib ketish yoki ortiqcha haq to‘lashga oid noqonuniy talablar ustidan fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga murojaat qilish orqali buzilgan huquqlarni tiklash mumkin.

Uy egasi bir tomonlama ravishda uy-joy uchun to‘lov miqdorini o‘zgartirishi mumkinmi?

Chat