Sport vazirligi qanday organ?
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
Vazirlikning asosiy vazifalari nimalar?
Vazirlik, jumladan:
- aholi, ayniqsa bolalar va yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish;
- ommaviy sport va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish;
- sport infratuzilmasini kengaytirish;
- sport ta’limi tizimini takomillashtirish;
- professional sportni rivojlantirish;
- Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari hamda boshqa xalqaro musobaqalar uchun yuqori malakali sportchilar tayyorlash;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradi.
Vazirlikning ishonch telefoni — +998 55 520-90-07.