
Nodavlat sport-ta’lim muassasalari Soliq kodeksida ijtimoiy sohada faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlaridan belgilangan shartlar asosida foydalanishi mumkin.
Shuningdek, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida g‘olib yoki sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan nodavlat sport-ta’lim muassasalari trenerlariga davlat sport-ta’lim muassasalari trenerlari uchun belgilangan tartibda bir martalik pul mukofotlari tatbiq etiladi.
Eslatma: PQ–302-son qarorda nazarda tutilgan binolarni bepul berish va ijara xarajatlarini 50 foizga kamaytirish bo‘yicha vaqtinchalik imtiyozlar 2026-yil 1 yanvarga kelib tugagan.