Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3767 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida mayning va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (maynerlar va xizmatlar provayderlari) tomonidan ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar to‘lanadi.

Yig‘imlar ularni to‘lash sanasida amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdoriga (bundan buyon matnda BHM deb yuritiladi) nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilandi:

  1. mayning faoliyati uchun — BHMning 10 baravari;
  2. xizmatlar provayderlari bo‘yicha:
  • kripto-birja faoliyati uchun — BHMning 400 baravari;
  • mayning-pul faoliyati uchun — BHMning 100 baravari;
  • kripto-depozitariy faoliyati uchun — BHMning 5 baravari;
  • kripto-do‘kon faoliyati uchun — BHMning 20 baravari.

Yig‘imlar maynerlar va xizmatlar provayderlari tomonidan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish uchun belgilangan tartibda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e’tiboran har oyda to‘lanadi.

Bunda, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat joriy oyning 20 sanasiga qadar olinganda, yig‘im ushbu oy uchun to‘liq miqdorda, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat joriy oyning yigirmanchi sanasidan keyin olinganda esa keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘lanadi.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda, yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘xtatib turiladi.

Yig‘imlar har oyda oldindan to‘lov tarzida mazkur oyning o‘ninchi sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar agentligining g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Chat