Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13120 marta o'qildi

Gimnastika maktabiga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi tasdiqlandi /  Olamsport.com

Hujjatlar qachon qabul qilinadi?

Gimnastika maktabi qabul tanlovi haqida hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 2 oy oldin e’lon beradi.

Hujjatlar har yili 1-avgustdan 10-avgustgacha qabul qilinadi.

Qanday hujjatlar kerak?

Ota-ona yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs:

  • ariza;
  • tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
  • baholar tabeli nusxasi;
  • 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat;
  • mavjud bo‘lsa sport natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar va sport pasporti;
  • 026-U, 063-U va 086-U shakldagi tibbiy ma’lumotnomalar taqdim etadi.

Ro‘yxatda ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Sinov qachon bo‘ladi?

Jismoniy tayyorgarlik sinovlari har yili 20–25-avgust kunlari o‘tkaziladi.

Natijadan norozi nomzod yoki uning ota-onasi natija e’lon qilinganidan keyin 3 kun ichida apellyatsiya berishi mumkin. Apellyatsiya ham 3 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

Chat