
Saralash qanday bosqichlarda o‘tkaziladi?
Boks bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash va saralash uchun uch bosqichli tizim amal qiladi:
- birinchi bosqich — ta’lim muassasalari va sport maktablaridan saralangan sportchilar o‘rtasida tuman (shahar) musobaqalari;
- ikkinchi bosqich — boksga ixtisoslashgan sport maktablari, ta’lim muassasalari va sport klublaridan saralangan sportchilar o‘rtasida hududiy musobaqalar;
- uchinchi bosqich — saralashdan o‘tgan sportchilar ishtirokida respublika darajasidagi musobaqalar.
Ushbu tizimning asosiy maqsadi iqtidorli yosh bokschilarni erta aniqlash va yuqori sport natijalariga tayyorlashdan iborat.