Alkogolь, giyohvandlik vositalari yoki boshqa psixoaktiv moddalar ta’sirida mast bo‘lib, mustaqil harakatlanish qobiliyatini yo‘qotgan yoki qaerdaligini anglay olmaydigan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tuman va shahar tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 o‘rinli tumanlararo punktlar tashkil etiladi.
Punktlar videokuzatuv kameralari bilan jihozlanishi, ichki rejim va jamoat tartibi esa Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti bo‘linmalari tomonidan ta’minlanishi lozim.
Ichki ishlar organlari xodimlari jamoat joyidagi mast shaxsni punktga olib borishda quyidagi holatlarni hisobga oladi:
Yashash joyidan shaxsni mazkur punktga olib borish ushbu umumiy jamoat joyi mexanizmiga kirmaydi.
Eslatma: alkogolь yoki boshqa psixoaktiv moddalardan og‘ir zaharlanish, hushsizlik yoki koma holati ushbu punkt tartibiga kirmaydi. Bunday holatda shoshilinch tibbiy yordam talab etiladi.
Mastlik holatidagi shaxsni ichki ishlar organlari xodimlari aniqlaydi va tibbiy ko‘rsatma mavjud bo‘lsa xizmat avtomashinasida punktga etkazadi.
Agar shaxs hushsiz bo‘lsa, og‘ir tan jarohati olgan bo‘lsa yoki hayoti va sog‘lig‘iga boshqa jiddiy xavf mavjud bo‘lsa, ichki ishlar xodimi zudlik bilan tez tibbiy yordam brigadasini chaqiradi. Tez yordam etib kelish imkoni bo‘lmasa, shaxs tibbiyot muassasasiga xizmat avtomobilida etkaziladi.
Punktning vazifalariga:
Shaxs punktda 12 soatgacha bo‘lsa dalolatnoma rasmiylashtiriladi. U 12 soatdan ko‘p qolsa va tibbiy ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, kasallik tarixi yuritiladi.
Tibbiy yordam ko‘rsatilib, shaxs hushyor holatga keltirilgandan keyin shifokor uni qayta ko‘rikdan o‘tkazadi va chiqarish mumkinligi haqida xulosa beradi.
Hushyor holatga keltirish muddati 3 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Agar shaxs 23:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan tungi vaqtda yoki yilning sovuq davrida chiqarilsa, u qarindoshlari kuzatuvi ostida chiqariladi.
Shaxs: