Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6333 marta o'qildi

“O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasi 2-qismiga muvofiq, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga faqat sanitariya maqsadlarida kesish hamda binolarni, inshootlarni va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruktsiya qilish bilan bog‘liq holda kesish tartibida, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi (1157-ishonch telefoni).

Tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek insonning hayoti va sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxtlar va butalarni kesish mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan qaroriga ko‘ra haq to‘lamasdan amalga oshiriladi.

Chat