Sport vazirligi tizimida Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyat yuritadi.
Ular yuridik shaxs maqomiga ega ixtisoslashtirilgan davlat sport-ta’lim muassasalari bo‘lib, qobiliyatli va iqtidorli yoshlarni saralash va ularni terma jamoalarga nomzod sifatida tayyorlashga ixtisoslashgan.
Markazlarda 1–11-sinf o‘quvchilari ta’lim oladi, umumiy kontingent 132 nafar etib belgilangan. Umumta’lim fanlari yaqin joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladi.
O‘quv dasturini o‘zlashtirib, yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi.