
Xorazm viloyatining turistik salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha 2026-yil uchun quyidagi maqsadlar belgilangan:
Shuningdek, 2026-yilda mehmonxonalar sonini 115 taga, oilaviy mehmon uylarini 215 taga, xostellarni 22 taga etkazish maqsad qilingan.
Hududda turistlar ko‘p tashrif buyuradigan ob’ektlarga olib boruvchi yo‘llar va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, sanitariya sharoitlarini takomillashtirish, yangi turistik yo‘nalishlar yaratish hamda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish choralari nazarda tutilgan.
Urganch va Xiva shaharlarida turistik ko‘chalarni rivojlantirish, ularda umumiy ovqatlanish, savdo, hunarmandchilik, axborot va boshqa turistik xizmatlarni kengaytirish ishlari ham dasturning muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Xorazmda tarixiy-ma’rifiy, etnografik, madaniy-ko‘ngilochar va ekologik yo‘nalishlarda yangi turistik marshrutlar tashkil etish, muzeylar va hunarmandchilik markazlarining turistik jozibadorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.