Fuqarolar yig‘ini mahalladagi asosiy qarorlarni qabul qiluvchi organ hisoblanadi. U, jumladan:
Yig‘in aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshirish, ajratilgan davlat mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini ta’minlash va mahallada jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ham ishtirok etadi.
Fuqarolar yig‘ini kengashi yig‘in qarorlarining bajarilishini ta’minlash va yig‘inlar o‘rtasidagi davrda o‘zini o‘zi boshqarish organining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun shakllantiriladi.
Kengash tarkibiga:
Kengash fuqarolar yig‘inini chaqirish, asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha komissiyalar ishini muvofiqlashtirish, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga ko‘maklashish hamda tegishli hududda davlat organlari bilan hamkorlik qilish kabi vazifalarni bajaradi.
Shuningdek, u sanitariya va ekologiya holati, yong‘in xavfsizligi, veterinariya qoidalari, savdo va xizmat ko‘rsatish madaniyatiga rioya etilishi bo‘yicha tegishli davlat organlariga ko‘maklashadi, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarida ishtirok etadi.
Fuqarolar yig‘ini tegishli hududda qonunchilik ijrosi, tadbirkorlar huquqlariga rioya etilishi, kommunal xizmatlar sifati, qurilish va hududlarni saqlash qoidalari, erlardan samarali foydalanish kabi masalalar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek, yig‘in tegishli tashkilotlar va mansabdor shaxslarning mahalla hayotiga daxldor masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish vakolatiga ega.