Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 36387 marta o'qildi

Qanday echim foydali modelь hisoblanadi?

Mahsulotga yoki usulga oid texnik echim yangi va sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, foydali modelь sifatida huquqiy muhofaza qilinishi mumkin.

Mahsulotga, masalan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, o‘simlik yoki hayvon hujayralari turlari; usulga esa moddiy vositalar yordamida moddiy ob’ekt ustida harakatlarni amalga oshirish jarayoni kiradi.

Talabnomada nimalar bo‘lishi kerak?

Talabnoma, jumladan:

  • patent berish haqidagi ariza;
  • foydali modelni amalga oshirish uchun etarlicha ochib beruvchi tavsif;
  • uning mohiyatini ifodalovchi formula;
  • zarur chizmalar va boshqa materiallar;
  • referat kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.

Talabnoma qaerga beriladi?

Talabnoma:

  • Davlat xizmatlari markazi;
  • Adliya vazirligining axborot tizimi;
  • YaIDXP;
  • pochta aloqasi orqali topshirilishi mumkin.

Davlat ekspertizasini Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» o‘tkazadi.

Ekspertiza qancha davom etadi?

Rasmiy ekspertiza talabnoma kelib tushgan sanadan 2 oy o‘tgandan keyin 1 oy davomida o‘tkaziladi.

Rasmiy ekspertizada talabnoma qabul qilingach, keyingi ekspertiza uchun bojni qaror sanasidan 3 oy ichida to‘lash kerak.

Foydali modelь ekspertizasi oddiy tartibda talabnoma berilgan sanadan 12 oy o‘tgandan keyin 2 oy davomida, tezkor tartibda esa talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilingani haqidagi qarordan 1 oy ichida o‘tkaziladi.

Patent bojlari qancha?

Bitta foydali modelь uchun:

  • talabnoma berish va rasmiy ekspertiza — jismoniy shaxsga 2 BHM, yuridik shaxsga 4 BHM;
  • foydali modelь ekspertizasi — jismoniy shaxsga 4 BHM, yuridik shaxsga 8 BHM.

Ijobiy qarordan keyin ob’ektni ro‘yxatdan o‘tkazish, ma’lumotlarni e’lon qilish, patent berish va uning amal qilishini saqlash uchun ham alohida patent bojlari mavjud.

Patent qancha vaqt amal qiladi?

Foydali modelь patenti talabnoma berilgan sanadan 5 yil amal qiladi.

Patent egasining iltimosnomasiga ko‘ra uning amal qilish muddati 3 yilga uzaytirilishi mumkin.

Eslatma: foydali modelga patent olish jarayoni bitta bosqichdan iborat emas. Talabnoma, ekspertiza va patentni rasmiylashtirish bosqichlarida alohida bojlar to‘lanadi.

Chat