.jpg)
Jamoa shartnomasining ahamiyati
Jamoa shartnomasida faqat qonundagi umumiy qoidalarni takrorlash shart emas. Tashkilotning iqtisodiy imkoniyatidan kelib chiqib, xodimlar uchun qonunchilikda nazarda tutilganidan qulayroq shartlar va qo‘shimcha imtiyozlar belgilash mumkin.
Masalan:
Jamoa shartnomasida nimalar belgilanadi?
Jamoa shartnomasida, odatda:
Muhim: jamoa shartnomasi xodimning qonunchilik yoki unga tatbiq etiladigan jamoa kelishuvida belgilangan holatini yomonlashtirishi mumkin emas. Bunday shart kiritilgan bo‘lsa, aynan shu shart haqiqiy emas hisoblanadi.
Jamoa shartnomasi qanday qabul qilinadi?
Loyiha dastlab xodimlar ishtirokida muhokama qilinadi. Taklif va mulohazalar hisobga olinganidan keyin u mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi yoki konferentsiyasiga kiritiladi.
Jamoa shartnomasi yig‘ilishda ishtirok etayotganlarning 50 foizidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bersa, ma’qullangan hisoblanadi.
Agar loyiha ma’qullanmasa, u qayta ishlanib, 15 kun ichida yana ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Ma’qullangan shartnoma taraflar vakillari tomonidan 3 kun ichida imzolanishi kerak.
Shartnoma kimlarga tatbiq etiladi?
Jamoa shartnomasi tashkilotning barcha xodimlariga tatbiq etiladi.
Bu qoida shartnoma qabul qilingan paytda ishlayotgan xodimlargagina emas, balki u kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan xodimlarga ham taalluqli.
Eslatma: xodim jamoa shartnomasini qabul qilishda shaxsan qatnashmagan yoki keyinroq ishga kirgan bo‘lsa ham, ushbu shartnomadagi unga tegishli kafolat va qoidalardan foydalanadi.
Amal qilish muddati