Markazlarda bolalarni qarab turish va parvarishlash, ularning maishiy, kasbiy va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda jamiyatga moslashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqarolarning nogironligi bo‘lgan bolalari quyidagi tashxislardan biri mavjud bo‘lganda Markazga qabul qilinishi mumkin:
Bolalar Markazga psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida va bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda joylashtiriladi.
Quyidagi holatlar Markazga qabul qilishga qarshi ko‘rsatmalar hisoblanadi:
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tekshiruv natijalariga ko‘ra bolani Markazga joylashtirish haqida xulosa bersa, uning qonuniy vakiliga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Qonuniy vakil SMS-xabarnomani olganidan keyin bolani 15 ish kuni ichida Markazga olib borishi kerak.
Agar bola belgilangan muddatda Markazga joylashtirilmasa, u uchun band qilingan bo‘sh o‘rin avtomatik ravishda bekor qilinadi. Bolaning davolanishi bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno.
Bola Markazga olib kelinganda uning sog‘lig‘i Markazdagi ijtimoiy-psixologik komissiya tomonidan bir ish kuni ichida ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Qabul qilingan bola ko‘pi bilan 20 kun davomida kuzatuvga olinadi. Shu davrda qabul qilishga qarshi ko‘rsatma aniqlansa, bolani Markazdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin va bu haqda qonuniy vakilga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Markazga qabul qilish vaqtida bolada yuqori harorat yoki sababi aniqlanmagan toshma mavjudligi aniqlansa, uni qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bolani davolash choralari ko‘riladi va u uchun band qilingan o‘rin davolanish muddati tugagunga qadar saqlab turiladi. Bola davolanganidan keyin Markazga joylashtiriladi.
Markazlarda nogironligi bo‘lgan bolalarga:
bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.
Bolalarning ijtimoiy-moddiy ta’minoti, tarbiyasi, ta’limi va mehnat ko‘nikmalariga o‘rgatilishi to‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-son qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-son qarori