Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Ayrim shaxslar shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga egalar.
2023-yil 1 apreldan boshlab Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida pensiya oluvchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.
Pensioner metropolitenda bir marta bepul yurish uchun bitta jeton olish uchun bir martalik maxsus bepul jetonni realizatsiya qiladigan metropoliten kassasi operatoriga pensiya guvohnomasini ko‘rsatadi, bunda bir martalik maxsus bepul jeton faqat shaxsan pensionerning o‘ziga beriladi.
Hayotiy misol:Savol: Ch. ismli fuqaro qanday toifadagi shaxslarga hamrohlik qiluvchilar shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqiga egaligi haqida tushuntirish berishni so‘radi.
Javob: 1941 – 1945-yillardagi urushning I guruh nogironiga va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega.