I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar hamda ularga g‘amxo‘rlik qiluvchi yoki yo‘lda kuzatib boruvchi bir nafar fuqaro quyidagi imtiyozlarga ega:
davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan fuqarolarning bevosita hozirligida ko‘rsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanish;
davlat xizmatlari markazlari, sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat muassasalarida joyida ko‘rsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanish;
davlat idoralari rahbarlari va mansabdor shaxslari qabuliga navbatsiz kirish.
Tibbiyot muassasasida davolanayotgan nogironligi bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilish uchun uning otasi yoki onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud bolani bevosita parvarishlayotgan oilaning boshqa a’zosiga bola bilan birga bo‘lish uchun sharoit yaratiladi.
Statsionar tibbiyot muassasasida nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan shaxsga ushbu davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik qiluvchi shaxslar, jumladan ularning ota-onasi va boshqa parvarishlovchi shaxslar davolash davrida davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanish huquqiga ega.