
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 30 aprelda o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan va 2023-yil 1-maydan kuchga kirgan. Konstitutsiya 6 bo‘lim, 27 bob va 155 moddadan iborat.
Konstitutsiya — davlat va jamiyat tuzilishining asoslarini, inson huquq va erkinliklarini, davlat organlarining tizimi hamda vakolatlarini belgilaydigan oliy yuridik kuchga ega hujjat.
Konstitutsiyaga ko‘ra:
O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Davlat xalq irodasini ifoda etadi va uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat hamda fuqarolar oldida mas’uldirlar.
Konstitutsiya:
Qonun yoki boshqa hujjat Konstitutsiyaga zid bo‘lishi mumkin emas.
Konstitutsiyada inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat ekani belgilangan.
Inson huquq va erkinliklari:
Huquqiy davlat — davlat organlari ham, mansabdor shaxslar ham, fuqarolar ham Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilishi shart bo‘lgan davlat.
Hech bir davlat organi yoki mansabdor shaxs qonunda berilmagan vakolatni o‘zlashtirishi mumkin emas. Davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish printsipiga asoslanadi.
Ijtimoiy davlat — insonning munosib hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni o‘z vazifasi deb biladigan davlat.
Konstitutsiyada mehnat, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, uy-joy va aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid kafolatlar belgilangan.
Dunyoviy davlat — din davlatdan ajratilgan, barcha diniy e’tiqodlarga teng munosabatda bo‘linadigan va hech bir din davlat dini sifatida belgilanmaydigan davlat.
Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirish taqiqlanadi.
Konstitutsiya quyidagi printsiplarga asoslanadi: