Shaxsiy huquq va erkinliklarning aksariyati faqat fuqarolarga emas, har bir insonga tegishli.
Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘lib, davlat tomonidan e’tirof etiladi va kafolatlanadi.
Yashash huquqi — har bir insonning ajralmas huquqi.
Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat hisoblanadi. O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlangan.
Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas.
Hech kim:
Shaxsning roziligisiz unda tibbiy yoki ilmiy tajriba o‘tkazish taqiqlanadi.
Shaxsiy daxlsizlik — insonni qonunsiz ushlash, qamoqqa olish yoki uning erkinligini boshqa tarzda cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi.
Shaxsni ushlash va qamoqqa olishga faqat qonunda belgilangan asoslar va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Shaxs ushlangan paytda unga:
Aybsizlik prezumptsiyasi — shaxsning aybi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan isbotlanmaguncha u aybsiz hisoblanishi.
Ayblanuvchi o‘z aybsizligini isbotlashi shart emas. Bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha shubhalar shaxs foydasiga hal qilinishi kerak.
Hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.
Har kim malakali yuridik yordam olish huquqiga ega.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatiladi. Ushlangan shaxs harakatlanish erkinligi amalda cheklangan paytdan boshlab advokat yordamidan foydalanishi mumkin.
Har kim:
Bu huquqlar faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda cheklanishi mumkin.
Uy-joy daxlsizligi — hech kimning unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi uy-joyga qonunsiz kirishi mumkin emasligi.
Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sud qarori asosida yo‘l qo‘yiladi.
Har kim O‘zbekiston hududida:
O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga to‘sqinliksiz qaytish huquqiga ega.
Har kim:
Axborotdan foydalanish huquqi faqat qonunga muvofiq va konstitutsiyaviy maqsadlarni himoya qilish uchun zarur doirada cheklanishi mumkin.
Davlat Internetdan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega.
Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.